Direct'ga yozish

Buyurtmalar Telegramingizga o'zi tushadi

Instagram'da sotasizmi? Sizga Telegram do'kon qilib beraman: mahsulotlar, savat, buyurtmalar va savdo hisoboti bir joyda. Mahsulotlarni o'zim joylayman, bir kunda tayyor bo'ladi. Do'kon to'liq sizniki.

Bir kunda tayyor. Bir marta to'laysiz, oylik to'lov yo'q.

Avval demoni o'zingiz sinab ko'rasiz. Yarmini boshlashda, yarmini do'kon ishlaganda to'laysiz.

Direct'da sotish qancha vaqtingizni yeydi?

Tanishmi? Do'kon buni shunday hal qiladi:

«Narxi qancha?» deb yozganlarning har biriga alohida javob
Narx, rasm va tavsif do'konda turadi, xaridor o'zi ko'rib oladi
Buyurtmalar daftarda, telefon raqami chala qolgan
Har bir buyurtma ism, telefon, manzil va summasi bilan Telegramingizga keladi
«Qachon keladi?» deb uch marta so'rashdi
«Yo'lda» tugmasini bosasiz, xaridorga xabar o'zi boradi
Chekni qaysi chatga tashlagandi?
Kartadan to'lasa, chek buyurtma bilan birga keladi
Oy oxirida qancha sotganimni bilmayman
Kunlik, haftalik, oylik savdo panelda ko'rinib turadi
Har oy servisga pul to'lash
Bir marta to'laysiz, boshqa oylik to'lov yo'q

Do'konda nimalar bor

Xaridor buyurtma beradi, u darhol Telegramingizga keladi. Qolganini telefoningizdan boshqarasiz.

Xaridor nimani ko'radi

  • Mahsulot rasmi, nomi, narxi va tavsifi
  • Bo'limlar, qidiruv, savat va yoqqanlar ro'yxati
  • O'zbek va rus tili: Telegram tiliga qarab o'zi almashadi
  • Yetkazish narxi, qanchadan ortiq xaridda bepulligi va eng kam buyurtma summasi
  • Buyurtmasi qaysi bosqichdaligini o'zi kuzatib turadi

Sizga nima keladi

  • Ism, telefon, manzil, nima buyurtma qilgani va jami summa
  • Kartadan to'lasa, chek skrinshoti
  • «Qabul qilindi», «Yo'lda», «Yetkazildi», «Bekor» tugmalari
  • Tugmani bossangiz, xaridorga xabar o'zi boradi

Siz nima qila olasiz

  • Narxni o'zgartirasiz, rasmni telefondan yuklaysiz
  • Tugagan mahsulotni «tugadi» deb belgilaysiz, yangisini qo'shasiz
  • Kunlik, haftalik, oylik savdoni ko'rasiz
  • Hammasi telefondan, dasturchisiz
Demoni ochish

Demoda xaridor, sotuvchi va panel tomonini o'zingiz sinab ko'rasiz: buyurtma berasiz, holatini o'zgartirasiz, narxni almashtirasiz. 3 daqiqa ketadi.

Qancha vaqtingiz bo'shaydi? Hisoblab ko'ring

O'z raqamlaringizni qo'ying. Hisob taxminiy, qanday hisoblanganini natija ostida o'qishingiz mumkin.

Yana bitta raqam: javob kutmay ketib qolayotgan xaridorlar
Oyiga shuncha vaqtingiz bo'shaydi
–
Oyiga qo'shimcha savdo, taxminan
–
Do'kon buyurtma qilish
Qanday hisoblandi?

Oyda 26 ish kuni deb oldim. Do'kon bilan bitta buyurtmaga 1 daqiqa qoladi: faqat tugmani bosasiz. Javob kutmay ketib qolayotgan xaridorlarning yarmi do'kon orqali qaytadi deb hisobladim.

Nimalar kiradi va qanday to'lanadi

Bir marta to'lanadi. Keyin hech kimga oylik to'lamaysiz: do'kon ham, bot ham, ma'lumotlar ham sizning akkauntingizda. Narxni Direct'da aytaman.

Birinchi 10 ta mijozga sovg'a

Logotipingiz va ranglaringizda, bepul

Do'kon sizning brendingizda chiqadi: logotipingizni qo'yaman, ranglarni moslayman. 10 ta joy to'lgach, bu xizmat pullik bo'ladi.

Joyni band qilish

Telegram do'kon

Bir martalik to'lov

oylik to'lov yo'q

  • 20 tagacha mahsulotni o'zim joylayman: rasm, nom, narx, tavsif
  • Katalog, savat, buyurtmalar va holat tugmalari
  • O'zbek va rus tili
  • Yetkazib berish va to'lov shartlarini sozlab beraman
  • Panelni ishlatishni o'rgataman

Hech narsa yo'qotmaysiz

  • Avval ko'rasiz. Demoda do'kon qanday ishlashini o'zingiz sinab ko'rasiz, Dunkss do'konida esa haqiqiy ishlayotganini ko'rasiz.
  • Bo'lib to'laysiz. Yarmini boshlashda, qolgan yarmini do'kon ishlay boshlaganda.
  • 14 kun kafolat. Birinchi 14 kunda biror narsa ishlamay qolsa, bepul tuzatib beraman.
Do'kon buyurtma qilish

20 tadan ortiq mahsulot va keyingi o'zgarishlarni alohida kelishamiz. Oylik to'lov yo'q.

Qanday boshlaymiz

Yozganingizdan do'kon ishlay boshlaguncha odatda bir kun ketadi.

  1. Direct'ga yozasiz

    Nima sotishingizni aytasiz, 10 daqiqa gaplashamiz.

  2. Yarmini to'laysiz

    Mahsulotlaringizning rasmi va narxini tashlaysiz, men ishni boshlayman.

  3. Do'konni ko'rib chiqasiz

    Hammasini joylab, sizga ko'rsataman. Biror narsa yoqmasa, o'zgartiraman.

  4. Bir kunda do'kon tayyor

    Qolgan yarmini to'laysiz va havolani Instagram profilingizdagi bio'ga qo'yasiz. Shundan keyin buyurtmalar Telegramingizga tushadi.

Kimga hozircha to'g'ri kelmaydi

Keyin ko'ngilsiz holat bo'lmasin, oldindan aytib qo'yaman.

  • Kafe va restoranlar. Taomga qo'shimcha (sous, ichimlik) tanlab bo'lmaydi.
  • Navbatga yozish. Sartarosh, salon yoki shifokor uchun emas.
  • Tortib sotiladigan mahsulot. Narx faqat donasiga qo'yiladi.
  • Bir nechta xodimli do'kon. Buyurtma faqat bitta odamga keladi.
  • Onlayn to'lov. Payme va Click hozircha yo'q: naqd yoki kartadan kartaga.
  • Ombor hisobi. Nechta qolgani ko'rinmaydi, faqat «bor» yoki «tugadi».

Ko'p so'raladigan savollar

Do'kon yoqmasa-chi?

Ikkinchi yarmini do'kon tayyor bo'lib, sizga yoqqandan keyin to'laysiz. Biror narsa yoqmasa, o'zgartirib beraman. Birinchi 14 kunda nimadir ishlamay qolsa, bepul tuzataman.

Har oy to'lov bormi?

Yo'q. Do'kon sizning nomingizda ochilgan bepul xizmatda ishlaydi, kichik do'konga uning imkoniyati bemalol yetadi. Menga ham, boshqa servisga ham oylik to'lamaysiz.

Siz bilan aloqa uzilib qolsa, do'kon to'xtab qoladimi?

Yo'q, ishlayveradi. Do'kon, bot va ma'lumotlar sizning akkauntingizda, menga bog'liq emas.

Mahsulotni keyin o'zim qo'sha olamanmi?

Ha, telefondan: rasm, nom va narx. Birinchi 20 tasini men joylayman, keyingilarini o'zingiz bir daqiqada qo'shasiz.

Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Rasm va narxlar tayyor bo'lsa, bir kunda. Hali tayyor bo'lmasa, qanday suratga olish va ro'yxatni qanday tuzishni aytib beraman.

To'lovni qanday olaman?

Naqd yoki kartaga o'tkazma orqali. Xaridor kartaga o'tkazsa, chek skrinshoti buyurtma bilan birga sizga keladi.

Do'koningiz bir kunda tayyor bo'ladi

Raqamingizni qoldiring yoki Direct'ga yozing, bugun o'zim javob beraman.